So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  3 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  7 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  47

20 yil ichida ilk bor Ronaldu CHLda o'ynamaydi. Ular bir-birlaridan ajralishdi Yangiliklar

20 yil ichida ilk bor Ronaldu CHLda o'ynamaydi. Ular bir-birlaridan ajralishdi

Krishtianu Evropa Ligasi (UEFA Kubogida ham o'ynagan)dagi debyutini kutayotgan bir paytda, uning CHLdagi 20ta mavsumini eslaymiz.

17 yoshli Ronaldu CHLda ilk bor 2002 yilning avgustida o'ynagan — "Sporting" safida. Ha, portugallar o'shanda guruh bosqichigacha chiqa olishmagan — saralashda "Inter"ga yutqazishgan.



Krish asosiy musobaqaga MYUda kirgan. 5ta o'yin (rasmda — "Panatinaikos"ga qarshi) va gol urmagan, MYU esa 1/8 finalda Mourinyuning (uning "Old Trafford"da yugurganini eslaysizmi?) "Portu"siga imkoniyatni boy bergan.



Tarix keyingi mavsum (2004/05)da ham takrorlandi: MYU yana 1/8 final (endi "Milan"dan)da chiqib ketdi, Ronaldu 8ta golsiz o'yin o'tkazdi.



Ronaldu keyingi mavsum saralashda (Vengriyaning "Debrecen" jamoasiga) gol urdi, so'ngra MYU bilan "Vilyarreal", "Benfika" (suratda) va "Lill" joy olgan guruhda so'nggi o'rinni egalladi.



2006/07 yilgi mavsumda yangi tarix boshlandi: Krishtianu Ronaldu CHL asosiy musobaqasidagi ilk golini urdi — 30-urinishda. Aniqrog'i, birdan ikkita va birdan pley-offda — Spallettining "Roma"siga qarshi o'sha 1/4 final o'yini (7:1).



2007/08 yilgi mavsum – Ronalduning qo'lida ilk CHempionlar kubogi. Portugaliyalik 11ta o'yinda 8ta gol urdi – jumladan Moskvada o'tgan "CHelsi"ga qarshi finalda.



Keyingi mavsum Ronaldu uchun MYUdagi so'nggisi bo'ldi — ular yana finalgacha etib borishdi, ammo Pepning "Barselona"siga yutqazishdi.



Krish "Real"da 30-o'yinini kutmadi — SHveycariyaning "Cyurix" jamoasiga qarshi ilk o'yindayoq gol urdi. "Madrid" 1/8da "Lion"ga yutqazishdi.



Ronaldu 2010/11 yilgi mavsum CHLda 6ta gol urdi, jumladan "Tottenxem"ga qarshi 1/4 final o'yinida 2ta, ammo turnir haqidagi xotiralar unchalik yaxshi emas — "Real" yarim finalda Messi va "Barsa"ga yutqazdi.



"Real" kelasi mavsum 1/8 finalda CSKAdan o'tdi, ammo yana yarim finalda to'xtadi — penaltilar bo'yicha "Bavariya"ga yutqazdi, o'yinda ikkita gol urgan Ronaldu so'ngra penaltilarda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi.



Ronaldu 2012/13 yilgi mavsum CHLda 7ta gol urdi, ammo "Real" yarim finalda yana nemislarga yutqazdi — endi Kloppning "Borussiya"si.



2013/14 yilgi mavsum — g'alaba! "Atletiko"ga qarshi Lissabon finali.



"Real" kelasi mavsum yana yarim finalda yutqazdi — Ronalduning bo'lajak klubiga (MYU emas).



2015/16 yilgi mavsum, Zidan, g'alaba. Ronaldu 16ta gol urdi, ammo yarim final va finalda birorta gol urolmadi.



Ketma-ket ikkinchi g'alaba, ammo bu safar Krishtianu pley-offda bir yo'la 10ta gol urdi — jumladan ikkita xet-trik va "Yuve"ga qarshi finaldagi dubl.



2017/18, ketma-ket uchinchi g'alaba, ammo bu safar Beyl va Karim Benzema bosh qahramonlar bo'lishdi. Ronaldu esa Madrid bilan xayrlashdi.



Ronaldu CHLda italyan jamoasi safidagi yurishi chorak finalda yakunlandi — ikki gol, ammo "Ayaks"dan mag'lubiyat.



2019/20 yilgi mavsum yana ham qayg'uliroq — bu safar Krishtianuning ikki goli "Yuve"ga 1/8 finalda "Lion"dan o'tishga yordam bermadi.



Ronaldu kelasi mavsum kovidli "Kamp Nou"da Messini mag'lubiyatga uchratdi, ammo yana 1/8 finalda to'xtadi. Va MYUga qaytdi.



"Yunayted" o'tgan mavsumda huddi shunday (1/8) bosqichda yakunladi — Rangnik qo'l ostidagi jamoa "Atletiko"ga engildi.



Krishtianu ushbu mavsum ishtiroki aniq 1/8 finalda yakunlamaydi — hech bo'lmaganda CHempionlar Ligasida.



20 yil, 5ta sovrin, 183ta o'yin (rekord), 140ta gol (rekord), 42ta assist (rekord) — bu juda ajoyib bo'ldi. Nahotki ushbu raqamlar yakuniy bo'ladi?


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика