20 kun avval "Navbahor" bilan ikki yillik shartnoma tuzgan futbolchi legionerga aylandi
27 dek 2024 08:06
Yangiliklar
20 kun avval "Navbahor" bilan ikki yillik shartnoma tuzgan futbolchi legionerga aylandi
9 dekabr kuni Navbahor bilan ikki yillik shartnoma tuzgan Abdug'ani Kamolov faoliyatini Qirg'iz Respublikasida davom ettiradi.
24 yoshli futbolchi Qirg'iz Respublikasining amaldagi chempioni "Abdish Ata" safiga borib qo'shildi. Kelishuv bir yilga mo'ljallangan.
Futbolchi faoliyati davomida “SHo'rtan” (G'uzor),“Bunyodkor” (Toshkent), “Metallurg” (Bekobod), “Buxoro” (Buxoro), “Andijon” (Andijon) va “Turon” (Yaypan) jamoalarida o'ynagan. Yakunlangan mavsumning 2-davrasini “Bunyodkor”da o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar