"Chelsi" yarim himoyachisi yana jarohat oldi
06 noy 14:34
Yangiliklar
"Chelsi" yarim himoyachisi yana jarohat oldi
"Chelsi" UEFA Chempionlar Ligasi 4-turida Ozarbayjonga - "Qorabog'" maydoniga safar uyushtirdi (2:2).
O'yin boshlanganidan bir necha daqiqa o'tgach, "Chelsi" yarim himoyachisi Romeo Laviya maydonda atigi 5 daqiqa haraqat qilganidan keyin jarohat oldi. U o'yinni davom ettira olmadi va 7-daqiqada maydonni tark etdi, uning o'rniga Moyzes Kaysedo tushirildi.

Bu belgiyalik xavbekning o'tgan mavsum boshidan beri oltinchi va ushbu mavsumdagi ikkinchi jarohati.
"Biz Romeo Laviyaga juda achinamiz. U hali uzoq vaqt maydonga qaytmasligi mumkin. Ko'ramiz. Jarohatning xususiyati haqida gapirishga hali erta. Menimcha, bu kvadriceps jarohati", – dedi Mareska uchrashuvdan so'ng.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar