So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

15 yoshida Messiga o'lim tilagan "Barselona"ning yangi azosi Yangiliklar

15 yoshida Messiga o'lim tilagan "Barselona"ning yangi azosi

"Barselona" bolaligida Messining o'lishini istagan va endi Jordi Albaning o'rnini egallashi kutilayotgan himoyachini sotib oldi. U allaqachon Leodan uzr so'rashga ham ulgurdi.

Malkomni sotganidan bir kun o'tib, "Barselona" chap qanot himoyachisi Xunior Firponi sotib olganligini elon qildi. U bilan 5 yillik shartnoma tuzildi, "Betis" esa - 18 million evro (yana 12 mln bonus sifatida beriladi) ishlab oldi.

22 yoshli yigitning tovon puli 200 million evro etib belgilandi. 

Firpo – Albaning o'rinbosari

2017/18 yilgi mavsumda Firpo "Betis"ning asosiy jamoasi uchun 15ta o'yin o'tkazdi: 2ta gol kiritdi hamda 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. SHubhasiz, o'tgan mavsumda hujumga qo'shilish bo'yicha La Liganing eng yaxshi himoyachilaridan biri bo'ldi: 3ta gol, 4ta uzatma.

"Barsa" tajovuzkor va tezkor himoyachiga qiziqish bildirgani hayratlanarli hol emas:  Valverde uzoq vaqtdan beri jamoada Albaning o'rnini bosa oladigan o'yinchi yo'qligini aytib kelardi. "Biz chap qanot himoyasi bo'yicha muammolarga duch kelmoqdamiz" - degandi murabbiy Firpo transferidan bir hafta oldin. "Ehtimol, biz yaqin kelajakda kimdirni sotib olarmiz, bu poziciyani mustahkamlashimiz shart".

Bir yil oldin "Daily Mail" Firpoga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani haqida yozgan edi. Qishda esa Ispaniyada "Real Madrid" tomonidan futbolchi uchun 40-50 million evro taklif qilinayotganini yozishdi, ammo madridliklarga himoyachining tez-tez jarohat olib turishi yoqmadi. Bu haqiqat: chunki, so'nggi ikki yil ichida u besh marta davolanib, uch oyni jarohat tufayli o'tkazib yubordi.

Umuman olganda, bu kataloniyaliklarni xavotirga solmadi, Firpo “Barsa”ga qo'shildi. "Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu yozgi transfer kampaniyasidan ko'ngli to'layotganini yashirib o'tirmadi: "Bizni katta qiyinchilik kutmoqda. Klubimizning muvaffaqiyatli davrini davom ettirishimiz kerak. Yangi mavsumda barcha sovrinlarni yutishni xohlaymiz, shuning uchun biz tarkibni etarlicha kuchaytirdik. Qo'shimchasiga bizda hali ham yaxshi yangiliklar uchun vaqt bor.

Bu jamoaning imkoniyatlari katta. Tarkibni Grizmann, de Yong, Netolar bilan to'ldirdik, shuningdek, bizda jamoani kuchaytira oladigan bir nechta yoshlarimiz bor. Jamoa boshida esa Leo Messi kabi futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi turibdi.

Biz dunyodagi eng asosiy va eng omadli sport brendimiz.”

Firpo o'z vaqtida "Kamp Nou"da "Barselona" darvozasini ishg'ol etgan

Xunior Firpo ikki davlat fuqaroligiga ega: u Dominikan Respublikasida tug'ilgan, ammo olti yoshida ota-onasi bilan birgalikda Ispaniyaga ko'chib ketishgan. Ko'chib o'tishdan oldin, bolakay futbol nima ekanligini bilmasdi, chunki Dominikan Respublikasida asosiy sport turi - bu beysbol. U o'zining kundalik ishiga aylangan o'yin bilan faqat Malagada "Atletiko Benamel" klubi akademiyasida tanishgan - uni o'gay otasi u erga olib kelgan. Dastlab, Firpo mashg'ulotlarda doim yig'lab yurardi, chunki u hech narsani eplay olmasdi. Ammo, murabbiylar yigitning tez kirishib ketgani va o'yinni tez o'zlashtirib olayotganini payqashdi: u to'pni tezkorlik bilan boshqarardi va raqiblarini tezkor ravishda aldab o'tardi. Firpo 18 yoshida "Betis" nazariga tushdi.

Yuqori tezlik baland bo'yli (uning bo'yi - 184 sm) Firponing asosiy kuchidir.  U Gvardiolaning taktikalarini xush ko'radi, chunki, murabbiy kabi yuqori texnika va har qanday chiziqda to'p sura olish futbolchi uchun eng muhim jihat deb hisoblaydi.

Firpo nihoyatda mehnatkash, u sport zaliga borishni yaxshi ko'radi, har kuni mashqlarni astoydil bajaradi, raqib undan to'pni olib qo'yishi qiyinlashishi ustida tinimsiz ishlaydi.   

Esingizda bo'lsa, u allaqachon "Kamp Nou" da "Barselona"ni ranjitishga ulgurgan. 2018 yil noyabr oyida kechgan o'yinda "Betis" dramatik g'alabaga erishgandi, 4:3.  Firpo uchrashuvda gol urib, golli uzatma ham amalga oshirgandi. Firponing harakatlaridan "Real Madrid" ham jabr ko'rgan. O'tgan mavsumning “qirollik klubi”ga qarshi ikkita o'yinida (1:2, 2:0) himoyachi 2 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Firpo Dominikan milliy terma jamoasida o'ynashi mumkin edi, hattoki Braziliya olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida qatnashgan, ammo 2018 yilda u Ispaniya yoshlar terma jamoasiga taklif qilindi. Terma safida uchta o'yinda maydonga tushib, Evro U-21 g'olibiga aylandi.

Endilikda Firpo asosiy jamoadan chaqiruv kutmoqda.

15 yoshida tvitterdagi o'z sahifasida Messini turli haqoratlar bilan "siylagan"

Firpo tvitterda Messini juda ko'p haqorat qilgan. Endi esa u uzr so'radi va Leoni dunyodagi eng zo'ri deb atadi.

U paytlar futbolchi 15 yoshda edi va kelajakda Messi bilan bir jamoada to'p tepishini xayoliga ham keltirmagan bo'lsa kerak. SHu sababli unga qarshi keragidan ortiq nomaqbul tvitlar qoldirgan.  Quyida ulardan bir nechtasini keltiramiz.

 

• "Messi, qachondir seni oyog'ingni sindiradigan psixga duch kelasan deb umid qilaman".

• "Messi jarohat olgan bo'lsa yaxshi. Umid qilamanki, u o'ladi va endi gol ham urmaydi".

Firpo o'sha akkauntini o'chirishga va yangisini ochishga majbur bo'ldi. U AS’ga bergan intervyusida u paytda o'spirin bo'lganligini va ahmoqona ish tutganligini aytdi:

"O'sha paytda mening yaqin do'stim Barselonadan edi va Messiga muxlislik qilar edi. Do'stimni xafa qilish uchun men Leo haqida har xil bemani so'zlarni yozganman.  Bu shunchaki bolalarcha sho'xlik bo'lgan. Men sevgilim Juliya haqida ham nomaqbul gaplarni yozganman, hozir esa u mening ayolim va qizimizning onasi.

Albatta, Messi dunyodagi eng yaxshi futbolchi, bu muhokama qilinmaydi. 15 yoshingizda hech kim sizni tanimasa, siz ahmoqona ishlarni qilasiz va bu sizning hayotingizga tasir qilishi mumkinligini bila olmaysiz. Agar mening tvitlarim kimnidir xafa qilgan bo'lsa va men kechirim so'rashim kerak bo'lsa, men buni hech qanday muammosiz bajaraman.

"Oltin to'p"ni muhokama qilayotganda, men har doim aytaman, siz eng yaxshi o'yinchi sovrinini Messiga berishingiz kerak va boshqa barchaga alohida mukofot tayinlashingiz kerak. Bu yil Messi yana "Oltin to'p"ga ega bo'ladi deb o'ylayman”.

Ushbu intervyu ish berishi haqiqat emasdir, biroq Messi xafa bo'lib yuradigan inson emas. Agar u Firpo bilan yaxshi munosabat o'rnatsa,  Ispaniya va CHempionlar Ligasida ulardan yaxshi o'yinlarni kutishimiz mumkin bo'ladi.


SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика