Zidanning o'g'li jag'ini sindirib oldi va JCH-2026'ni o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
4 may 2026, 12:55
"Granada" darvozaboni Luka Zidan Ispaniya ikkinchi divizioni 37-turida "Almeriya"ga qarshi o'yinda (4:2) yuz qismidan jiddiy jarohat oldi.

Jamoalar 26 aprel kuni o'ynashdi. Hodisalardan birida 27 yoshli darvozabon "Almeriya" hujumchisi Talis bilan to'qnashib ketdi va o'yinni davom ettira olmadi. Zidanga dastlab miya chayqalishi tashxisi qo'yildi, ammo keyinchalik uning jag'i va iyagi singani ma'lum bo'ldi. Darvozabon ijtimoiy tarmoqlarda muvaffaqiyatli operaciya qilingani va tiklanishni boshlaganini e'lon qildi.

Luka Jahon va Yevropa chempioni va "Oltin to'p" sohibi Zinedin Zidanning farzandi hisoblanadi. 2025 yilning sentyabrida darvozabon sport fuqaroligini francuz fuqaroligidan jazoirlikka o'tkazdi va oktyabr oyida Jazoir terma jamoasiga birinchi marta chaqiruv oldi. Endi u jarohati tufayli JCH-2026'ni o'tkazib yuborish xavfi ostida.

2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Jazoir terma jamoasi guruh bosqichida Argentina, Avstriya va Iordaniya bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN