UEFA Millatlar ligasi pley-off bosqichining barcha ishtirokchilari aniqlandi

18 noya 2026, 08:00
Fransiya, Belgiya, Germaniya, Niderlandiya, Angliya, Ispaniya, Norvegiya va Portugaliya terma jamoalari guruh bosqichi yakunlariga ko'ra UEFA Millatlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi pley-off bosqichiga yo'l olishdi.

Chorak final qur'a tashlash marosimi juma, 20 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Mazkur bosqichning dastlabki o'yinlari 2027 yil 25–27 mart kunlari, javob uchrashuvlari esa 28–30 mart kunlari o'tkaziladi. Millatlar ligasining ushbu mavsumi final qismi 9–13 iyun kunlariga belgilangan.

Millatlar ligasining amaldagi g'olibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi. O'tgan mavsum finalida portugaliyaliklar Ispaniyani penaltilar seriyasida mag'lub etishgan edi - 2:2, pen. 5:3.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa