Zidan Jazoir termasi uchun o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
3 okt 2025
"Granada" posboni Luka Zidan Jazoir termasi yig'inlariga jalb qilindi.

"Real"ning sobiq futbolchisi va murabbiy Zinedin Zidanning o'g'li hisoblanadigan Luka xalqaro darajadagi musobaqalarda o'z debyutini amalga oshirishi mumkin.

Jazoir termasining JCH-2026 saralashida oktyabr oyidagi raqiblari Somali (9 oktyabr) va Uganda (14 oktyabr) termalari bo'ladi.

Luka Zidan ushbu mavsumda Ispaniya chempionatining ikkinchi divizionida harakat qilmoqda. U 6 o'yinda 11 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: faf.dz/