

“Buning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Shubhasiz, otamning shu kungacha qilgan va qilayotgan ishlaridan juda faxrlanaman. Biroq, boshqa tarafdan familiyam haddan ziyod ko'p e'tiborni tortadi. Bolaligimdan bunga ko'nikdim, bu faktni qabul qildim.
Odamlar seni kimningdir o'g'li bo'lgani uchun o'ynayapti deb o'ylashadi. Bundan esa ko'plab muammolar yuzaga keladi, bu ulkan minus tomoni. Futbolchilarga familiyasidan qati nazar, rivojlanish va o'sishga imkon berish lozim. Afsonalarning farzandlariga boshqa futbolchilardan ko'ra ko'proq e'tibor qaratish shart emas. Yakunda tarkibdan eng yaxshi o'yinchi joy oladi. Tashqaridan sen kimningdir o'g'li bo'lgani uchun o'ynayapsan deb aytish juda oson. Ammo hech kim sendagi vaziyatni va nimalarga qodirligingni bilmaydi”, deydi Lyuka Zidan.



