

– Uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
– Bugun tarkibda rotaciyalar qildik. Mirqodirovga va Kenjaevga dam berdik. Sababi, baribir yoshlarni ham o'ynatib turish kerak. Yana o'yin boshidayoq gol o'tkazib yubordik. Bu borada diqqatni jamlash yetishmayapti, yakkakurashlarda yutqazyapmiz, xullas, o'sha vaziyatlarda qandaydir kichik detallar kamlik qilyapti. Bugun beshta o'zgarishdan foydalandik va o'yinni kuchaytirishga harakat qildik. Jarima zarbasi belgilanganda tushunmovchilik yuzaga keldi – hakam hushtak chaldimi yoki yo'qmi, darvozabonimiz hali o'z joyiga qaytmagan edi. "Termiz" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Fikrlarim shulardan iborat.
– Rotaciyalarga sabab raqib "TerDU" jamoasi bo'lganimi yoki shunchaki shunday to'g'ri keldimi?
– Yo'q, unday emas. Masalan, Mirqodirovning hisobida uchta sariq kartochka bor edi. Uni biroz ayadik, chunki u o'yin davomida tez qizishib ketadigan futbolchi. Uni Samarqanddagi o'yinga tayyorlash maqsadida, rahbariyat bilan kelishgan holda shunday qarorga keldik. Kenjaev masalasiga to'xtalsak, yoshlarga ham imkoniyat berish kerak. O'z uyimizda o'ynayotganimizda imkoniyat bermasak, ularga qachon beramiz? O'zgarishlar mana shuning hisobidan amalga oshirildi.
– Abduvakil Xikmatillaevni haqiqatan ham ancha yuqori chiziqqa qo'yib o'ynatyapsiz. Bu qaroringiz kutilmalarni qay darajada oqlayapti?
– Oqlayapti. U aslida chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Lekin bizning o'z rejalarimiz va o'yin uslubimiz bor. Shu asosda u oldinga o'tib, yuqoriroq poziciyada harakat qiladigan vaziyatlar bo'ladi. Umuman olganda, u o'ziga yuklatilgan vazifani 85 foizga bajaryapti.
– Keyingi o'yin O'zbekiston kubogi doirasida "Dinamo"ga qarshi bo'lib o'tadi. Rahbariyat tomonidan kubok bahslari uchun qandaydir maqsad yoki vazifa qo'yilganmi?
– Kubok bahslarida guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan. Buning uchun harakat qilamiz. Oldimizda ikkita kuchli jamoa turibdi. Masalan, "Lokomotiv" hozir yaxshi formada. "Dinamo"da biroz moliyaviy muammolar bordek ko'rinsa-da, baribir ular o'tgan yili kuchli uchlik uchun kurashgan jamoa hisoblanadi. Shuning uchun maydonga tushamiz va munosib o'ynaymiz. Yigitlarimiz tajriba orttiradi, asosiy maqsad – ularning mahoratini o'stirish.



