Kompani kam uxlaydi va ko'pincha ishda kechgacha qolib ketadi. Klub Vensandan ko'proq dam olishni talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
24 okt 2026, 11:37
Bugun "Bavariya" bosh murabbiyi mashg'ulotlardan so'ng hushidan ketdi - 40 yoshli belgiyalik mutaxassis virusli infekciya tufayli shifoxonaga etkazildi.

Jurnalistlar Filipp Kessler va Manuel Bonkening xabar berishicha, Kompani bir necha kun oldin ham shifoxonaga tushib, u yerda tunagan va tibbiy ko'rikdan o'tgan edi. Tekshiruv natijalari salbiy chiqqan.

Ma'lum bo'lishicha, Kompani ko'pincha juda kam uxlaydi va ishda kechgacha qolib ketadi. Klub bu holatdan yaxshi xabardor.

Sog'lig'idagi muammolarga qaramay, Kompani bugun asosiy jamoa mashg'ulotini boshqardi va shundan so'ng ikkinchi jamoaning tayyorgarligini ko'zdan kechirish uchun yo'l oldi. Aynan mana shu jarayonda u hushini yo'qotgan.

Endilikda "Bavariya" murabbiydan o'zini ortiqcha urintirmaslikni, dam olishni va ishga qaytishdan oldin tiklanish uchun qancha vaqt kerak bo'lsa, shuncha ajratishni qatiy talab qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany