"Yuventus" hujum chizig'ini nigeriyalik to'purar bilan kuchaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025
Turinning "Yuventus" jamoasi rahbariyati "Atalanta"dan nigeriyalik hujumchi Ademola Lukmanni safiga qo'shib olmoqchi.

Turinning "Yuventus" jamoasi rahbariyati "Atalanta"dan nigeriyalik hujumchi Ademola Lukmanni safiga qo'shib olmoqchi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, Turin klubi vakillari qishki transfer oynasida 27 yoshli nigeriyalik futbolchining transferi borasida "Atalanta" bilan muzokara olib borishga harakat qiladi. "Yuventus" Lukmanni serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovichga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. 

Qayd etish joiz, bergamoliklar yozda nigeriyalik futbolchini Milanning "Inter" va Myunxenning "Bavariya" jamoalariga qo'yib yubormagandi. Mutaxassislar Lukmanning transfer qiymatini 60 mln evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Ademola Lukman o'tgan mavsum "Atalanta" tarkibida Italiya chempionatida 31 o'yin o'tkazib, 15 ta to'p kiritgan hamda 5 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport