"Valensiya"ning qarzdorligi qariyb 600 million evroga etdi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2026, 15:50
Ispaniya klubining yillik hisobotiga ko'ra, "Valensiya"ning umumiy moliyaviy qarzdorligi 592,8 million evroni tashkil etdi.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, yangi "Nou Mestalya" stadioni qurilishi qayta boshlangach qarz miqdori oshgan. Shu bilan birga, qarzdorlikning 93 foizi (551,84 million evro) uzoq muddatli majburiyatlarga to'g'ri keladi. Ular orasida biznesmen Piter Lim bilan bog'liq bo'lgan qarzlar bo'yicha qariyb 42 million evro ham bor.

9 dekabr kuni bo'lib o'tadigan akciyadorlar yig'ilishida mazkur 42 million evroni klub akciyalariga aylantirish taklifi ko'rib chiqiladi. O'tgan moliyaviy yilni klub 320 ming evro sof foyda bilan yakunlagandi.

12 ta turdan so'ng "Valensiya" 9 ochko bilan La Ligada 19-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 10 noyabr kuni Ispaniya Kubogi doirasida "Tavernes"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS