"Barselona" "Bavariya" himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
10 noya 2026, 18:30
"Barselona" qishki transfer oynasida "Bavariya" himoyachisi Jonatan Tani sotib olish imkoniyatini o'rganmoqda.

Bu haqda “Sky Germany” xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Kataloniya klubi sport direktori Deku jamoa himoyasini barqarorlik taminlay oladigan va Pau Kubarsi bilan birga himoya chizig'i yetakchisiga aylanadigan tajribali markaziy himoyachi bilan kuchaytirmoqchi.

Shu bilan birga, shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladigan 30 yoshli futbolchi bilan xayrlashish "Bavariya"ning rejalariga kirmaydi. Taning o'zi ham Myunxen klubidagi holatidan mamnun va bor e'tiborini jamoadagi o'yinlariga qaratgan.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Germany