Yorgos Donis O'zbekiston jamoalariga qarshi qanday natija qayd etgan?

Iskandarov Abdulaziz
17 noya 2026, 14:00
Bugungi raqibimiz - Saudiya Arabistoni terma jamoasi ustozi Yorgos Donis o'zbek futboliga begona emas.

2015 yildan beri Saudiya klublarida ishlab kelayotgan gretsiyalik mutaxassis shu kunga qadar yurtimiz jamoalari bilan faqat Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida to'qnash kelgan.
"Al Hilol" bosh murabbiyi sifatida u "Paxtakor" va "Lokomotiv"ga qarshi jami 6 ta uchrashuv o'tkazib, ularning 3 tasida g'alaba qozongan, 2 tasida durang o'ynagan va faqat 1 marta ("Lokomotiv"ga) imkoniyatni boy bergan.

Donisning o'zbek klublariga qarshi barcha o'yinlari:

2015: "Al Hilol" – "Lokomotiv" 3:1
2015: "Lokomotiv" – "Al Hilol" 1:2
2016: "Paxtakor" – "Al Hilol" 2:2
2016: "Al Hilol" – "Paxtakor" 4:1
2016: "Al Hilol" – "Lokomotiv" 0:0
2016: "Lokomotiv" – "Al Hilol" 2:1

Ko'ramiz, mutaxassisning milliy terma jamoalar darajasidagi ilk to'qnashuvi qanday yakun topar ekan.

Ma'lumot o'rnida, bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia