

"Birinchi bo'limda terma jamoamiz, aftidan, O'zbekiston markaziy himoyachilarga yuqori pressing qo'llashini kutmagan yoki bunga tayyor bo'lmagan. Vaxaniya va Krugovoy juda yuqorida joylashgan, hujum guruhi esa uzoqda edi. Bizni yuqori pressing bilan tor-mor etishdi: dastlabki 20-25 daqiqada futbolchilarimiz o'zlarini yo'qotib qo'yishdi va nima qilishni bilmay qolishdi. Odatdagidek himoyadan chiqib keta olishmadi.
Ikkinchi bo'limda, ehtimol, o'zgartirishlar kiritilgandir. Ammo boshqa jihat ham bor: butun 90 daqiqa davomida bu qadar tajovuzkor pressing qilish imkonsiz. O'zbekiston bosimni susaytirdi, futbol ko'proq pozicion tus oldi. Bizda esa to'pga egalik qilishni va jarima maydonida to'g'ri joylashishni biladigan kreativ futbolchilar yig'ilgan.
Murabbiylar shtabi yuqori pressingga tayyorgarlikka e'tibor qaratishi kerak. Bu zamonaviy futbolning tarkibiy qismlaridan biri. O'zbekiston yaxshi taassurot qoldirdi, biznikilar esa uchrashuv borishini o'zgartira olib, g'alaba qozonishgani uchun barakalla", - deya Tashuevning so'zlarini keltiradi Metaratings.



