Tomas Frank "Kristal Pelas" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
17 noya 2026, 13:10
"Kristal Pelas" jamoa bosh murabbiyligiga 53 yoshli daniyalik mutaxassis Tomas Frank tayinlanganini e'lon qildi.

U bilan 2029 yil iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Frank ushbu lavozimda 2026 yilning yozidan beri ishlab kelgan Per Saj o'rnini egalladi.

Uning murabbiylar shtabidan yordamchi murabbiy Peddi Makkarti hamda ilgari Frank bilan "Brentford"da birga ishlagan darvozabonlar murabbiyi Endi Kuay o'rin oladi.

Ma'lumot uchun, Frank bungacha "Brentford", "Tottenxem", "Brondbyu" va Daniya yoshlar terma jamoalarini boshqargan. U 2021 yilda "Brentford"ni 74 yillik tanaffusdan so'ng APLga olib chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cpfc.co.uk