Pochettino AQSH terma jamoasi yarim himoyachisini "Manchester Yunayted"ga olib kelmoqchi

17 noya 2026, 10:45
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klubning transfer maqsadlari ro'yxatiga AQSH terma jamoasida birga ishlagani bois o'ziga yaxshi tanish bo'lgan "Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkennini kiritdi.

Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, hozircha hech qanday rasmiy muzokaralar olib borilmayapti. "Yuventus" mashg'ulotlar bazasida vahima yo'q, biroq klubdagilar qiziqishdan yaxshi xabardor. Pochettino o'yinchining universalligini yuqori baholaydi.

Amerikalik futbolchining shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan. Bundan tashqari, klub rahbariyati va bosh murabbiy Luchano Spalletti futbolchini daxlsiz deb hisoblaydi. UEFA bilan tuzilgan kelishuv shartlari va moliyaviy muvozanatni saqlash zarurligiga qaramay, "Yuventus" MYUning xavbekni qo'lga kiritish borasidagi har qanday urinishlariga qarshi turishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport