"Neftchi" – "Al Hilol" uchrashuvini boshqaradigan hakam ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
17 noya 2026, 11:30
Farg'onaning "Neftchi" hamda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klublari o'rtasidagi Elit Osiyo Chempionlar Ligasi turniri 5-tur uchrashuvida kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi.

O'yinga bosh hakam etib Abdulloh Jamol tayinlangan. Unga qanotlarda hamyurtlari Saud al-Shemali va Ali Jroq yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini Ammor Ashkana bajaradi.

VAR hakami etib Abdulloh Arab, uning yordamchisi sifatida esa Abdulloh al-Kandari tayinlangan.

Musobaqaning to'rt turidan keyin "Al Hilol" 9 ochko bilan G'arb mintaqasi jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Neftchi" esa 4 ochko bilan to'qqizinchi pog'onada joylashgan.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" – "Al Hilol" uchrashuvi 23 noyabr kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia