

"Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi Mario Balotelli "shaharliklar" atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi. Avvalroq Angliya klubi Premer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan edi. Italiyalik forvard 2010 yildan 2013 yilgacha "Siti" sharafini himoya qilgan.
- Bilasizmi, kichkina bo'lganingda odamlar sening kimligingni bilishmaydi va ularga farqi yo'q... Hatto g'iromlik qilganingda ham. Lekin katta baliq bo'lganingda-chi? Ular seni ov qilishga majbur. Hozir "Manchester Siti" ana shunday vaziyatda. Men ular oxirigacha kurashishlarini bilaman. Faqat shu orqali chempion bo'lish mumkin... Ular aynan shunday chempiondirlar, - deydi Balotellining so'zlarini Topskills Sports UK X ijtimoiy tarmog'ida.



