

Saudiya Arabistonida o'tgan bahsni O'zbekiston quyidagi tarkib bilan boshlagan edi:
O'zbekiston - 12. O'tkir Yusupov - 3. Xojiakbar Alijonov, 15. Umar Eshmurodov, 23. Xusniddin Aliqulov, 13. Sherzod Nasrullaev - 18. Abdulla Abdullaev, 6. Azizjon G'aniev, 7. Otabek Shukurov, 8. Jamshid Iskanderov, 10. Jaloliddin Masharipov - 14. Eldor Shomurodov.
Zaxiradan quyidagi futbolchilar maydonga tushishgandi: Sardor Sobirxo'jaev, Bobir Abdixoliqov, Oston O'runov, Azizbek Turg'unboev, Jasur Yaxshiboev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Venesuela vakili Aleksandr Gonsales gol urib, hisobni ochgandi. 45+1-daqiqada hakam belgilagan penaltidan Jaloliddin Masharipov gol ura olmagandi. 79-daqiqada Jasur Yaxshiboev esa 11 metrli jarima to'pidan gol urishga muvaffaq bo'ldi - 1:1.



