Bundesliga. "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" o'z o'yinlarida kichik hisobda g'alaba qozonishdi

7 noya 2026, 22:49
"Bavariya" va "Borussiya Dortmund" Bundesliganing 9-tur doirasida o'z o'yinlarini o'tkazishdi.

"Bavariya" va "Borussiya" Bundesligada yetakchilikni davom ettirmoqda.

Myunxenliklar bugun mehmonda "Maync”ni 2:1 hisobida mag'lub etishdi, dortmundliklar esa o'z maydonida "Elfersberg"ni 2:1 hisobida taslim etishdi. Vensan Kompani va Niko Kovach chempionatdagi 9 ta o'yindan so'ng jamoalari 21 ochkodan jamg'arib, hali birorta ham mag'lubiyatga uchramadi.

"Leyptsig" hozircha 18 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda, biroq bu turda "Frayburg" (16) va "Verder" (15) hali o'z o'yinlarini o'tkazishganicha yo'q.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia