Terma jamoamizning yana bir a'zosi legionerga aylandi. Uning yangi jamoasidagi raqami ham ma'lum

Khoja
15 iyul 2025, 07:47
"Paxtakor" va O'zbekiston MTJ a'zosi Abdulla Abdullaev yana legionerga aylandi.

Himoyachi BAAning "Dibba Al Fujayra" klubi bilan shartnoma tuzdi. Hamyurtimiz yangi jamoasida 8 raqamda harakat qiladi.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli himoyachi o'tgan yilning yozida "Xorfakkan" jamoasidan "Paxtakor"ga o'tgandi. U joriy mavsum 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia