

"Supersport" nashrining xabar berishicha, afrikaliklarning ikki futbolchisi – Sulaymon Fofana va Glao Songi salomatligi bilan bog'liq muammolar tufayli Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Har ikki futbolchi saralash bosqichi va musobaqaga tayyorgarlik jarayonida faol ishtirok etgan edi.
Kot-d'Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi Bassiriki Diabate ularning o'rniga "OFK Adiake" klubi futbolchisi Koffi Bazo va "Kesse" klubi a'zosi Te Zon Elonimni tarkibga jalb qildi. Har ikki futbolchi allaqachon Doha shahridagi terma jamoa yig'iniga kelib qo'shilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 terma jamoasi bugun, 20 noyabr kuni Jahon chempionatidagi ishtirokini Kot-d'Ivuarga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 ga belgilangan.
"E" guruhidan ushbu ikki terma jamoadan tashqari Italiya va Yamayka o'smirlar terma jamoalari ham o'rin olgan.



