U-17 JCH. O'zbekiston – Yamayka uchrashuvini ayol hakamlar boshqarib boradi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2026, 22:28
Qatarda o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Yamayka uchrashuvini boshqaradigan hakamlar brigadasi ma'lum bo'ldi.

Mazkur uchrashuvni ispaniyalik ayol hakam Olac Rivera Olmedo boshqarib boradi. Unga hamyurtlari Eliana Fernandes Gonsales va Iragarce Fernandes Esesumaga yordam beradi.

Rivera 2022 yildan buyon FIFA hakami hisoblanadi. U Qatardagi joriy jahon chempionatining 1-turida Janubiy Koreya – Uganda uchrashuvini ham boshqargan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi dastlabki turda Kot-d'Ivuarga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, Yamayka Italiyaga 0:6 hisobida imkoniyatni boy bergan.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia