Yamal JCH-2026da Ispaniyaning ilk ikki o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

1 may 2026, 08:45
"Barselona" vingeri Lamin Yamal 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining dastlabki ikki o'yinini o'tkazib yuborishi xavfi ostida qolmoqda.

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yamalda sonning orqa tomonidagi mushakning yorilishi tashxisi qo'yilgan. Manbaga ko'ra, Barselonada Yamalning tiklanish rejasi yakuniy tasdiqlangan. Fernando Galan bu jarayonni ham klub darajasida, ham terma jamoa darajasida nazorat qiladi. Jahon chempionati vaqtida uning roli yanada faollashadi - u "Barselona"ga har kuni hisobot berib turadi, deb kutilmoqda.


Manba: AS