MYU "Real" yarim himoyachisini eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor

27 iyun 2026, 14:02
"Manchester Yunayted" 26 yoshli fransiyalik yarim himoyachi Orelen Chuameni uchun kurashni davom ettirmoqda.

Bu haqda futbol insayderi Ben Jeykobs yozmoqda.

Jurnalistning so'zlariga ko'ra, futbolchining yuqori maoshi bu yozda potencial transferni rasmiylashtirishda muammo tug'dirmaydi. MYU Chuamenini jamoadagi eng ko'p maosh oladigan futbolchilardan biriga aylantirishga tayyor.

Chuameni 2022 yilda "Monako"dan "Real"ga o'tgan. Futbolchi o'tgan mavsumda klub safida 49 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/JacobsBen