Anvar Nasirov "Dinamo" bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

27 iyun 2026, 12:48
"Dinamo" klubi rahbariyatida o'zgarish.

“2026 yilgi futbol mavsumining ikkinchi qismi oldidan “Dinamo” PFK rahbariyatida o'zgarish yuz berdi.

O'tgan yarim yil davomida klub bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Ro'zievga jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi va Shuhrat Ashurovich Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti sifatidagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

Klub muassislari va rahbariyat qaroriga ko'ra, Anvar Nasirov – “Dinamo” PFK bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Anvar Shuxratovich 2013-2017 yillar davomida Samarqandning “Sherdor” klubi sharafini himoya qilgan bo'lsa, o'tgan yillar davomida viloyat futbolida murabbiy va “Sherdor” futbol klubi rahbariyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan edi.

So'nggi yillarda Samarqand futbolida bolalar-o'smirlar futbolida katta yutuqlarga erishgan, xususiy klubdagi samarali faoliyati orqali tanilgan 29 yoshli mutaxassisning “Dinamo” PFK bosh direktori lavozimidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Динамо" матбуот хизмати