Lamin Yamal - joriy mavsumda top-5 ligalarda birinchi bo'lib ushbu natijaga erishdi

21 okt 2026, 08:25
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal joriy mavsumda barcha turnirlarda 10 ta urilgan gol va 10 ta golli uzatma marrasiga etdi va bu orqali Yevropaning top-5 yetakchi ligalari (Angliya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya chempionatlari) futbolchilari orasida har ikkala ko'rsatkich bo'yicha ham ikki xonali raqamlarga erishgan birinchi o'yinchiga aylandi.

Bu haqda Opta statistik portali X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.

Joriy mavsumdagi yubiley 10-golini Yamal Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 3-turidan o'rin olgan PSJga qarshi o'yinda (2:4) kiritdi. Bosh evrokubokning joriy mavsumida 19 yoshli ispaniyalik futbolchi hisobida allaqachon ikkita gol va to'rtta golli uzatma bor. Navbatdagi o'yinda "Barselona" o'z maydonida 25 oktyabr kuni Ispaniya chempionati 10-turi doirasida "Real"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta