Rafael Leau: "Yamal "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi, deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2026, 15:41
"Galatasaray" vingeri Rafael Leau Lamin Yamal "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga umid bildirdi.

"Barselona" hujumchisi Turkiya klubiga qarshi kechgan Chempionlar Ligasi o'yinida (4:1) ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.

- Lamin Yamal "Oltin to'p"ni va "Barsa" bilan birga yirik sovrinlarni qo'lga kiritadi, deb umid qilaman. U dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiradi.

Men uni ham futbolchi, ham inson sifatida juda qadrlayman. U juda kamtar yigit.

Uning atrofida men juda katta hurmat bilan qaraydigan ulkan klubdagi kuchli futbolchilar jamlangan, - dedi Rafael Leau TNT Sports Brasil nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola