France Football rahbari Lamin Yamal aynan kim sababli "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmaganini taxmin qildi

27 okt 2026, 08:40
France Football bosh muharriri va "Oltin to'p" mukofoti rahbari Vensan Garsiya "Barselona" hamda Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal klubdoshi va terma jamoadagi sherigi Rodri ovozlarning bir qismini "tortib olgani" sababli sovrinni yutib olomaganini taxmin qildi.

Angliyalik Garri Keyn g'olib bo'ldi, Yamal uchinchi, Rodri esa to'rtinchi o'rinni egalladi.

"Menimcha, jahon chempioni bo'lgan Ispaniya terma jamoasi ichida ovozlar Rodri va Lamin Yamal o'rtasida bo'lindi. O'ylashimcha, ovoz berish jarayonida Rodri Laminga tegishi mumkin bo'lgan ovozlarning bir qismini o'ziga "tortib oldi". Ispaniyalik futbolchilar uchun berilgan ovozlar bir oz "sochilib ketdi".

Lamin Yamal jahon chempioni bo'ldi, ammo atigi bitta gol urdi, buning ustiga turnirni jarohat bilan boshladi. Hayat a'zolari uchun ispaniyalik futbolchilardan birini tanlash oson kechmadi. Men o'z ovozimni g'alaba qozonmagan o'yinchiga berdim - garchi, mening nazarimda, u ham mukofotga loyiq edi, - ammo bu haqda shanba kuni bilib olasiz. Garri Keynmi? Birinchi navbatda, u - haqiqiy buyuk to'purar. Ehtimol, hakamlar a'zolari aynan u barcha nomzodlar orasida fazilatlarning eng yaxshi uyg'unligini namoyish etdi deb hisoblashgandir", - deydi Garsiyaning so'zlarini Sport.es nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es