Xvicha Kvaratsxeliya "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishini tasavvur qila oladimi-yo'qmi, shu savolga munosabat bildirdi

12 sen 2026, 10:40
PSJ hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya 2026 yilgi "Oltin to'p" uchun ovoz berishda parijliklarning 10 nafar futbolchisi kiritilganiga izoh berdi.

Gruziyalik futbolchining o'zi ham mukofotga da'vogar bo'lgan 30 nafar o'yinchi qatoridan joy oldi.

- Parijliklarning bir yo'la 10 nafar o'yinchisi "Oltin to'p"ga da'vogarlik qilmoqda, futbolchilar bunga qanchalik tez-tez e'tibor qaratishadi va kiyinish xonasida bu mavzu muhokama qilinadimi?

- Bazida. Jamoaga kelganimda, hamma narsani yutib olayotganimizda va Usman "Oltin to'p"ni olganida, men unga bu erga "Oltin to'p" va Chempionlar ligasini yutishiga yordam berish uchun kelganimni aytgandim.

- O'zingizni ushbu mukofot sohibi sifatida tasavvur qila olasizmi?

- Agar har qanday o'yinchidan so'rasangiz, biz yakka tartibdagi sovrinlar haqida alohida o'ylamaymiz - ular jamoaning muvaffaqiyati evaziga imkonli bo'ladi. "Oltin to'p"ni kimga topshirishni hal qiladiganlar uchun esa bu shunchaki ish, - dedi Kvaratsxeliyaning so'zlarini The Athletic nashri.

O'tgan mavsumda u 48 ta uchrashuvda 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda esa vinger hisobida beshta o'yinda bitta gol va bitta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic