"Liverpul” Braziliya terma jamoasi futbolchisini o'z safiga qo'shmoqchi

12 sen 2026, 11:15
"Liverpul” "Bornmut"ning 20 yoshli vingeri Rayanga qiziqish bildirmoqda.

Mersisayd klubi braziliyalik futbolchining rivojlanishini kuzatib bormoqda va uni kelgusi yilda sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

"Liverpul” bosh murabbiyi Andoni Iraola Rayan bilan "Bornmut"dagi hamkorlikdan yaxshi tanish va yosh futbolchining qobiliyatlarini yuqori baholaydi. Ispaniyalik mutaxassis uning Mersisayd jamoasiga o'tishi tashabbuskorlaridan biri bo'lishi mumkin.

Shu bilan birga, ehtimoliy bitim juda qimmat bo'lishi mumkin. Rayanning "Bornmut" bilan shartnomasida 151,5 million evro miqdorida tovon puli ko'zda tutilgan. Bu band kelasi yozda kuchga kiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Insider