Xon Myon-Bo: “Rossiyalik himoyachilar ikkinchi bo'limda charchab qolishini bilgandim”

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2014
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Rossiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z shogirdlariga minnatdorchilik bildirdi.
“Futbolchilarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular uchrashuvning so'nggi daqiqasigacha qo'llaridan kelgan barcha ishni bajarishdi. Biz o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik, menimcha bahsni yaxshi o'tkazdik. Futbolchilarning holati va o'yinni tashkil qilish yuqori darajada edi.

Men ikkinchi bo'limda maydonga Li Kyun-Xoni tushurmoqchi edim, chunki sekin harakat qiladigan rossiyalik markaziy himoyachilar charchab qolishini bilgandim. U o'z vazifasini bajardi, gol urdi” – deydi koreyalik mutaxassis “Goal” portaliga.

Rossiya va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi. Gollarga Li Kyun-Xo va Aleksandr Kerjakov mualliflik qilishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com