"Inter" Chalxanogluning maoshini kamaytirmoqchi, uchta klub vaziyatni kuzatib bormoqda

Aslanov Jasurbek
22 noya 2026, 15:45
"Fenerbaxche", "Galatasaroy" va "Yuventus" "Inter" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Insayder Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, Milan klubi turkiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor, ammo uning maoshini pasaytirishga umid qilmoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Inter" va Xakan Chalxanoglu o'rtasidagi muzokaralar shartlar borasidagi turlicha qarashlar tufayli murakkablashmoqda. Futbolchi yangi bitim bo'yicha amaldagi kelishuvda kafolatlangan 6,5 million evroga yaqin mablag' olishni istamoqda.

Chalxanogluning "Inter" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. FIFA qoidalariga ko'ra, 32 yoshli o'yinchi allaqachon yanvar oyidanoq yozda erkin agent sifatida o'tish borasida istalgan klub bilan muzokaralar olib borishi mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com