

Bu haqda Eurosport'ga tayanib Sport.es xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli futbolchi Parij jamoasi tarkibini kuchaytirish uchun jiddiy nomzod hisoblanadi, chunki PSJ uni bir necha yildan beri kuzatib kelmoqda.
Joriy mavsumda Uilyams La Ligada ettita o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2035 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.



