

"Uning akasi, yani agenti men bilan gaplashdi. U nomzodlar short-listiga kiritilgan. U transfer qilinishi mumkin. Bu biz anchadan beri maqsad qilgan rejamizdir", - deydi Torresning so'zlarini AS nashri Radio Nacional efiridagi komentariyga tayanib.
Rahbarning so'zlariga ko'ra, bosh murabbiy Xose Bordalas hujum qanotlarini kuchaytirishni ustuvor vazifa deb bilmoqda, chunki tarkibda allaqachon olti nafar tajribali markaziy himoyachi mavjud. Avvalroq klub safini "Real"ning yana bir sobiq sardori - Daniel Karvaxal to'ldirgan edi.
Ramosning so'nggi klubi "Monterrey" bo'lib, u ushbu jamoani 2026 yilning yanvar oyida tark etgan edi. Ilgari u "Real", "Sevilya" va PSJ klublarida ham to'p surgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, himoyachining transfer qiymati 800 ming evroni tashkil etadi.



