Serxio Ramos sobiq jamoasining egasi bo'lishi mumkin - COPE

12 may 2026, 10:10
"Sevilya"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos klub egasi bo'lishga bir qadam qoldi.

COPE nashri xabar berishicha, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o'tmoqda va bitim tuzish ehtimoli ancha yuqori baholanmoqda. Ramos bu jarayonda Five Eleven Capital investiciya kompaniyasi bilan birgalikda ishtirok etmoqda. Kompaniya klubning hozirgi akciyadorlari bilan muzokara olib bormoqda. Manbaga ko'ra, yakuniy kelishuv bugun rasmiylashtirilishi mumkin.

Avvalroq matbuotda "Sevilya"ning extimoliy sotilish summasi 450 million evro atrofida ekani haqida xabarlar paydo bo'lgan. Hozirgi akciyadorlar esa bitimga dastlabki rozilik bergan.

Serxio Ramos andalusiya klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Sevilya"ning asosiy jamoasida 2003–2005 yillarda o'ynagan, keyin 2023/24 mavsumida yana qaytib kelgan.


Manba: COPE