

Bu ko'rsatkich futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 finalida afrikaliklar Argentina terma jamoasi bilan asosiy vaqtda durang (1:1) o'ynaganidan keyin qayd etildi. Shunga qaramay, ekstra-taymlarda afrikaliklarni mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan Janubiy Amerika jamoasi keyingi bosqichga yo'l oldi. Yakuniy hisob - Lionel Skaloni shogirdlari foydasiga 3:2.
Endilikda Vozinya rasman jahon futbolida faoliyatini davom ettirayotgan darvozabonlar orasida obunachilar soni bo'yicha rekordchi hisoblanadi. U Madridning "Real" klubi darvozaboni, belgiyalik Tibo Kurtuani ortda qoldirdi. Kurtuaga 18 million kishi obuna bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, JCH boshlanishidan oldin 40 yoshli Vozinyaning bor-yo'g'i 45 ming obunachisi bor edi. Argentinaliklarga qarshi uchrashuvda u 8 ta seyv ijro etdi.



