40 yoshli Vozinya yangi jamoasida debyut qildi

Sherzod Nurmatov
28 avg 2026, 12:40
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya yangi klubi "Kolo-Kolo" safida ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdi.

40 yoshli posbon Chili Kubogi guruh bosqichining so'nggi, 6-turida "Union Espanola"ga qarshi o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildi va o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi (3:0).

"Kolo-Kolo" “E” guruhida 13 ochko jamg'argan holda 1-o'rinni egalladi va 1/8 finalga yo'l oldi. Jamoa ushbu bosqichda "Audaks Italyano" bilan to'qnash keladi.

Eslatib o'tamiz, Vozinyaning JCH-2026'dagi yorqin ishtiroki uni ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni bo'yicha dunyodagi eng mashhur darvozabonga aylantirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN