

Manbaning xabar berishicha, 17 yoshli gruziyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan va tez orada bitim imzolanadi.
Shu bilan birga, Bartishvili "Arsenal"ning asosiy jamoasiga 18 yoshga to'ladigan paytda - 2027 yilning yozida qo'shiladi.
Transfer huquqi "Kolxeti-1913 Poti" klubiga tegishli bo'lgan Bartishvili ijara asosida Gruziyaning "Iberiya 1999" klubida to'p tepayotgandi. 2026 yilgi mavsumda u 24 ta uchrashuvda 2 ta gol muallifiga aylangan.
Transfermarkt o'yinchining transfer qiymatini 1,5 million evroga baholamoqda.



