

- Birinchi maoshingizni nimaga sarflagansiz?
- Oilamning suv, internet va elektr energiyasi bo'yicha to'lovlarini to'ladim. Kofe sotib oldim - bu mening ojizligim - va uyda yetishmayotgan bazi oziq-ovqat mahsulotlarini oldim. Men hamisha pullarni oqilona taqsimlashni va jamg'arishni bilardim.
12 yoshimda bobom piyonistaga aylanib qoldi. U ishni qoldiradigan, mijozlarini yo'qotadigan bo'ldi... Bu kundalik hayotimizga ta’sir qildi. Bazida buvim uning qayerdaligini bilmasdi va men uni qidirib topishimga to'g'ri kelardi. Bu narsa uning vafotiga qadar, yani 21 yoshimgacha davom etdi.
Futbol men uchun hamisha shunchaki o'yindan ko'proq narsa bo'lgan. Otam Portugaliyaga psixologiya va sociologiyani o'rganish uchun kyetib qolganini, onam esa farrosh bo'lib ishlaganini hisobga olsak, men, aytish mumkin bo'lsa, "uyning erkagi"ga aylandim. Ovqat topishi kerak bo'lgan odamga. Esimda, bizda mutlaqo hech narsa qolmaganda, buvim supermarketga o'zining oltin taqinchoqlarini garov sifatida qoldirishiga to'g'ri kelardi. Og'ir damlar bo'lgan, lekin men hech narsaga muhtojlik sezmaganman, - dedi "Kolo-Kolo" o'yinchisi.



