Vinisius: "Biz yuqori cho'qqilarga qaytamiz"

Sherzod Nurmatov
4 may 2026, 16:55
"Real" vingeri Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 34-turida "Espanol" (2:0) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.

O'yin 3 may, yakshanba kuni bo'lib o'tdi va "qaymoqranglilar"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Vinisius madridliklarning ikkala golini ham urdi.

"Bu klub bilan o'limgacha birga bo'laman. Kurashishda davom etamiz! Biz yuqori cho'qqilarga qaytamiz", – dedi braziliyalik.

"Real" La Liga turnir jadvalida 77 ochko bilan ikkinchi o'rinda qolmoqda. Jamoa to'rt tur qolganida "Barselona"dan 11 ochko ortda boryapti. "REal" 10 may kuni "Kamp Nou"da "Barselona" bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS