

– Men Urugvay futboliga hech narsa qoldirmayapman. Hech narsa. Agar natija bo'lmasa, murabbiyning qo'shgan har qanday hissasi nolga tenglashadi.
Saralash bosqichidagi to'rtinchi o'rin befoyda bo'lib chiqdi. Amerika Kubogidagi uchinchi o'rin ham - xuddi shunday. Jahon chempionatidagi ishtirok haqida esa… bu yerda tushuntirishga hojat ham yo'q.
Avvalroq murabbiy va jamoaning yulduzli futbolchilari o'rtasidagi munosabatlar yomonlashgani haqida xabar berilgandi. Bugungi uchrashuvning 57-daqiqasida Federiko Valverde zaxiraga olinayotgan vaqtida libosi bilan og'zini yopgan holda murabbiyga nimadir dedi.
Eslatib o'tamiz, Urugvay terma jamoasi guruhda 2 ochko to'plagan holda pley-off yo'llanmasidan mahrum bo'lishdi.



