Van Bommel: "Belgiya terma jamoasi uzoq vaqt davomida ham ustunlik qilishga qodir"

Sherzod Nurmatov
16 noya 2026, 14:45
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark van Bommel Millatlar Ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida o'z maydonida Italiya ustidan qozonilgan g'alaba (4:1) haqida fikr bildirdi.

"Oson bo'lmadi, boshida har ikki tomonda ham vaziyatlar yuzaga keldi. Shunga qaramay, xotirjamlikni saqlab qoldik. Bu intellektual, moslashuvchan va dinamik jamoa. Bugun aynan shu narsa hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.

Italiya Fransiyaga qarshi o'yinlarda to'rt ochko oldi: bu juda ta’sirli. Ular o'sha o'yinlarda yaxshi harakat qilishdi. Biroq biz uzoq vaqt davomida ham o'yinda ustunlik qilishga qodirmiz. Bugun biz kuchliroq edik.

Jamoa nima qilish kerakligini yaxshi biladi va shu tufayli alohida futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishmoqda. Eng muhimi shu. Chorak finalga chiqqanimizdan xursand bo'lishimiz kerak: maqsadimiz shu edi. Bu aynan shunday tarzda amalga oshgani quvonarli. Endi bu darajani yanada uzoqroq muddat davomida saqlab turishimiz lozim", – deya niderlandiyalik mutaxassisning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

Belgiya 6 o'yindan so'ng 12 ochko to'plab, A divizionining 1-guruh jadvalida 2-o'rinni egalladi va pley-off bosqichiga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com