Valeriy Kechinov: "Jahon chempionatida O'zbekistonga qarshi o'ynash hech kimga, hatto Portugaliyaga ham oson bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
6 apr 2026, 12:55
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Valeriy Kechinov O'zbekiston MTJning Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

"O'zbekiston Jahon chempionatida og'ir guruhdan joy oldi va u bu har bir jamoa uchun shunday. Yaqinda Kongo DRning o'yinini tomosha qildim va jamoa juda ijobiy taassurot qoldirdi. Albatta, ikkita jamoa ajralib turadi va favoritlardir - Portugaliya va Kolumbiya. Lekin menimcha, O'zbekiston ham ularga qiyinchilik tug'diradi. Yevropada yaxshi o'yinchilari bor - Shomurodov, Fayzullaev, Husanov. Ularga qarshi o'ynash hech kimga, hatto Portugaliyaga ham oson bo'lmaydi", – dedi Kechinov.

3.jpg

O'zbekiston "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan ro'baro' keladi. Fabio Kannavaro shogirdlari 18 iyun kuni ilk turda Kolumbiya bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.ru