Saudiya Arabistoni bilan o'yinlarda O'zbekistonning to'purarlari kimlar?

Iskandarov Abdulaziz
17 noya 2026, 17:35
Garchi o'rtoqlik maqomida bo'lsa-da Saudiya Arabistoni bilan principial bahsga qiziqish yuqori.

"Sahro lochinlari" bilan kechgan avvalgi 12 ta o'yinda O'zbekiston terma jamoasi libosida 13 nafar futbolchi raqib darvozasiga 15 ta to'p kiritgan. Bu borada to'purarlar safini Igor Shkvirin va Sardor Rashidov 2 tadan gol bilan boshqarib turibdi. Saudiya Arabistonida esa Muhammad Al Shalhub 3 ta, Sami Al Jaber 3 ta, Saad Al Xarti 2 ta gol bilan o'zaro o'yinlardagi umumiy to'purarlar ro'yxatida yetakchilik qilyapti.

Igor Shkvirin 2

Sardor Rashidov 2

Sergey Lebedev 1

Mirjalol Qosimov 1

Aleksandr Geynrix 1

Anvar Soliev 1

Pavel Solomin 1

Timur Kapadze 1

Server Jeparov 1

Maksim Shackix 1

Vohid Shodiev 1

Eldor Shomurodov 1

Otabek Shukurov 1

Saudiya Arabistoni bilan bahs soat 20:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia