

Olingan ma'lumotga ko'ra, PFL mazkur qaror hakamlik sohasini tubdan yaxshilashiga ishonayotgani yo'q.
Shundan kelib chiqib, PFL hakamlik sohasini to'liq isloh qilish bo'yicha o'zining konkret talab va takliflarini O'FA rahbariyatiga rasman taqdim etgan. Nomini oshkor qilishni istamagan futbol hakamining saytimiz muxbiriga ma'lum qilishicha, PFL mavsum boshidan buyon hakamlar tayinlovi va ularning maydondagi harakatlariga etiroz bildirib kelmoqda. Shuning uchun ham PFL ayni vaqtdagi holatni to'liq o'zgartirish shart deb hisoblaydi.
Aniqlanishicha, O'FA rahbariyati ayni vaqtda PFL tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarni o'rganib chiqmoqda. Ammo bizda hozircha Liga tomonidan aynan qanday talablar qo'yilgani borasida ma'lumot yo'q.



