

Eslatib o'tamiz, turnirning hal qiluvchi o'yinida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.
"Bu meni juda asabiylashtirdi. Mening futbol o'yiniga borishimdan maqsad - futbol o'yinini tomosha qilish! Agar koncertga bormoqchi bo'lsam, koncertga boraman. Menga nimanidir majburlab o'tkazishlarini xohlamayman. Futbol o'yinining o'zi shundoq ham alohida bir tomosha. Va o'yinning o'z ritmi bor. Issiq ob-havoda tanaffus paytida suv ichish zaruratini tushunsa bo'ladi. Ammo kondicionerlar bo'la turib... Biz bu nima uchun qilinganini tushunib turibmiz. Umid qilamanki, biz o'tmishdagi futbolga qaytamiz, garchi bunga ishonchim komil bo'lmasa-da, chunki bu yerda iqtisodiy omil rol o'ynaydi. Telekompaniyalar ham o'z xarajatlarini qoplashlari kerak, chunki futbol juda qimmatga tushadigan zavq. Ammo bu achinarli, chunki o'yin surati - bu albatta rioya qilinishi kerak bo'lgan narsa: 45 daqiqadan ikki bo'lim, 15 daqiqalik tanaffus - va tamom!", - deya Lizarazyuning so'zlarini "Programme-Television" keltiradi.
Taymlar oralig'idagi tanaffusda arenada Madonna, BTS, Shakira va Jastin Biber chiqish qilishdi. Pop-qirolichaning nomerida sobiq braziliyalik futbolchilar Ronaldo va Ronaldinyo ham ishtirok etishdi. FIFA vada qilgan 17 daqiqa o'rniga tanaffus 27 yarim daqiqa davom etdi.



