

- Menimcha, uchrashuv ancha yaxshi bo'ldi. Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham futbolchilar ancha sifatli futbol namoyish etishdi. Har ikki jamoa hujumlar tashkil qildi. Umuman olganda, uchrashuv menga maqul keldi. Yigitlar bugun juda yaxshi harakat qilishdi, ularning bugungi o'yinlari uchun rahmat aytaman. Uchrashuv ancha qiziq bo'ldi: 0:0, 0:2, 1:2, 2:2. Biroq bizning ikkinchi golimiz ofsayd sababli bekor qilindi. "Andijon" jamoasini yarim finalga yo'l olgani bilan tabriklayman va ularga omad tilayman.
- Bugungi o'yin sizning rejalaringiz asosida o'tdimi va bugun g'alaba uchun jamoaga nimalar yetishmadi?
- Umuman olganda, biz reja qilgan barchasi o'xshadi. Shunchaki, birinchi bo'lib raqiblarimiz gol urdi va ularga o'ynash ancha osonlashdi. Agar biz birinchi golni urganimizda, balki bizga o'ynash osonroq bo'lardi. Hisob 0:0 bo'lgan vaqtda bizda bir nechta yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Bundan tashqari, ikkinchi bo'limda 0:1 hisobida ham futbolchilarim bir nechta yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Takidlaganimdek, umuman olganda o'yinimiz ancha yaxshi chiqdi, biroq yomon tomoni - bugun biz ikkita gol o'tkazib yubordik.
- Ulug'bek aka, bungacha chempionatda "So'g'diyona" "Andijon" bilan o'ynagan. Bugungi o'yinni solishtirganda qanday farqlarni ko'rdingiz murabbiy sifatida?
- Farq katta, birinchidan - yo'l, keyin esa maydon. Bu yerdagi maydon maysasi ancha yumshoq, biz mashg'ulot olib boradigan maydonning maysasi esa qattiqroq. Shuningdek, agar biz Jizzax shahrida o'ynasak, umuman boshqa muhitda harakat qilamiz. Shuning uchun tezroq Jizzaxga qaytsak yaxshi bo'lardi.
- Birinchi bo'limda Dorievga vaziyat yaratish uchun "Andijon" himoyachilari deyarli imkoniyat berishmadi. Ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirish uchun qandaydir taktika bormidi?
- Nima uchun? Unda hammasi o'xshayotgan edi. Shunchaki "Andijon" futbolchilari uni yolg'iz qo'ymaslikka harakat qilishdi va uni doim 2-3 nafar futbolchi qo'riqladi. U ajoyib futbolchi va shu sababli unga raqib futbolchilari jiddiy qarashadi.
- Yana bir savol: Doriev oldingi bahslarda, bilamiz, o'ng qanotdan chap qanotga, aytaylik, chap tomonda vaziyatlar yetishmasa yoki omadi kelmagan paytda chap qanotdan o'ng qanotga yoki markaziy hujumga o'tganini ko'rganmiz. Bu o'yinda faqat o'sha chap qanotda o'ynadi, uni o'ng qanotda yoki markazda o'ynatish imkoniyati yo'qmidi?
- Hech qanday qoidalar yo'q, hujumchi xoh chapda, xoh o'ngda, xoh oldinda bo'lishi mumkin, ular vaziyatga qarab o'zgaradi. Bugun shunday bo'ldi, keyingi o'yinlarda o'zgaradi, ular o'zlari oldinda qaror qabul qilishadi.
- O'zbekiston kubogida sizning fikringizcha, qaysi jamoa yutadi?
- Javob berish qiyin, menda o'z fikrim bor, lekin hech kimni xafa qilishni xohlamayman (kuladi). Rahmat!\


