ECHL. Hafta futbolchiga nomzodlar e'lon qilindi

22 okt 2026, 08:10
Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turi yakunlari bo'yicha haftaning eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlar ro'yxati ma'lum bo'ldi.

Uni Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) taqdim etdi.

Nomzodlar qatoriga to'rt nafar futbolchi kirdi: Fil Foden ("Manchester Siti"), Niko Pas ("Komo"), Skott Maktominey ("Napoli"), Rio Ngumoa ("Liverpul").

Foden AEKka qarshi o'yinda (5:1) xet-trik qayd etdi, Maktominey "Bude-Glimt" bilan uchrashuvda (4:3) dubl muallifi bo'ldi, Pas "Manchester Yunayted" darvozasiga ikkita gol urdi (4:1), Ngumoa esa "Vilyarreal" bilan o'yinda (4:3) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com